» » “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga tashrif buyuring!
Murojaat yo`llash
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga tashrif buyuring!

Hurmatli tadbirkorlar

Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha – qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi.
Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2964 ta bo‘sh yer uchastkalari, 721 mlrd. 933 mln. 105 ming so‘m investitsiya kiritish, 10466 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 8 mlrd. 522 mln.600 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 986 ta bo‘sh yer uchastkalari 300 mlrd. 749 mln. so‘m investitsiya kiritish, 4469 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 129 mln 900 ming so‘mga sotildi.
Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1978 ta bo‘sh yer uchastkalari 6 mlrd. 847 mln. 700 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun :
-Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 172 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 13 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 225 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 150 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 53 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 281 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 25 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 70 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 175 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 27 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 301 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 12 mlrd. 280 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 12 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 100 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 370 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 53 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 50 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 19 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 508 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 12 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 123 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 250 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi.
- Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 285 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 50 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi.
- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 8 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 48 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 70 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 34 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 460 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQI HAMDA BIZNESINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QO‘SHADI!



BAHOLANGAN NARX
1 SO‘M
LOT №
0021729
YeR MAYDONI (GA)
0,5500
YARATILAYOTGAN ISH JOYI (KAMIDA)
15 ta 
KIRITILAYoTGAN INVESTITsIYaLAR MIQDORI
1 500 000 000 UZS
MANZIL
Surxondaryo viloyati, Denov tumani, S.Otaboyev SIU, "Vodiy" mahallasi
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK