» » TERMIZDA “AQLLI” BEKATLAR SONI 8 TAGA YETDI
Murojaat yo`llash
Bu yerda innovatsion bekatning galdagi ishga tushirilib, ular soni 8 taga yetkazildi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ning viloyatimizdagi muxbiri xabar berdi.
“Aqlli” bekatlarda konditsioner, jamoat transporti harakat jadvalining tablosi, “Fuqaro-tezkor yordam xizmati” favqulodda aloqa axborot paneli, atrof-muhit monitoringi sensori, bepul Wi-fi internet tarmog‘i, video nazorati, USB elektr tarmog‘i nuqtalari, bank to‘lov terminali mavjud. Bu yerda tezkor ma’lumot to‘plash imkoniyatining borligi yo‘nalishdagi transport harakatini rejalashtirishda qo‘l keladi. Ayni chog‘da nafaqat bekat, balki uning atrofida jamoat tartibi yuzasidan tezkor ma’lumot olish imkoniyati ham mavjud.

Yana bir qiziq jihati shuki, har bir bekatga quyosh elektr energiyasi paneli o‘rnatilgan bo‘lib, bu ularning yoritgichlari va USB elektr tarmog‘i nuqtalarini avtonom elektr quvvati bilan ta’minlash imkonini beradi.

Yaqin kelajakda viloyat markazida bunday “aqlli” bekatlar soni 40 tadan oshishi kutilmoqda.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK