» » NUFUZLI SPORT MUSOBAQALARIDA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITGAN SPORTCHILARNI TAQDIRLASH MAROSIMI
Murojaat yo`llash

Surxondaryoda joriy yilning 18 avgust - 2 sentabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo hamda  6-18 oktabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tgan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan samarqandlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  Tadbirga viloyatdagi sport federatsiyalari mutasaddilari, murabbiylar, sportchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari taklif etildi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi.


Tadbirda O‘zbekiston, Osiyo va jahon arenalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarga pul mukofotlari, murabbiylarga “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun, Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida viloyatdan jami 11 nafar sportchi ishtirok etib, ularning 8 nafari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija bilan Surxondaryo vakillari  umumjamoa hisobida respublikada 2-o‘rinni egalladi. 

Argentinada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida esa mamlakatimiz sportchilari safida munosib ishtirok etgan Termiz shahridagi bolalar-o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Dildora Aliqulova sportning karate ITF yo‘nalishi bo‘yicha bronza medali bilan taqdirlandi.


Tadbirda san’at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi namoyish etildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK