» » “TERMIZ CITY” ZAMONAVIY KOMPLEKSINI QURISH TAKLIFI MUHOKAMA ETILDI
Murojaat yo`llash

Surxondaryo viloyati hokimligida Termiz shahrini obodonlashtirish, uning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi va mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Termiz city” majmuasini bunyod etish loyiha taklifi muhokama etildi.

Viloyat hokimi Bahodir Po‘latov hamda Germaniyaning “Kema” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Termiz shahridagi “Arch Design Service” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha taklifiga ko‘ra, “Termiz city” zamonaviy kompleksini shaharning 3 ta - Islom Karimov hamda yangi qurilayotgan Loyihaviy 7-7 ko‘chalari kesishuvidagi 11 gektar, A.Navoiy nomli ko‘cha yoqasida barpo etilayotgan “Yashil dunyo” savdo kompleksi yonidagi 25 gektar, Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan bo‘sh yer maydonidagi 4,2 gektar hududida qurish rejalashtirilgani aytildi.

Majmuada biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxona va ofislar, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l-u favvoralar, yer osti avtoturargohlari, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni bunyod etish ko‘zda tutilgani, bu ishlar uchun bosh pudratchi - Germaniyaning “Kema” kompaniyasi 2 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishi, shuningdek, mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilishi ta’kidlandi.

Ikki yilga mo‘ljallangan ushbu loyiha taklifini o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangandan so‘ng amalga oshirishga kelishib olindi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+14
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK