» » SURXONDARYODA YIRIK TO‘QIMACHILIK KORXONASI ISHGA TUSHDI
Murojaat yo`llash

Bugun Surxondaryo viloyatida mahalliy sharoitda yetishtirilgan sifatli paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yana bir yangi korxona foydalanishga topshirildi.

Denov tumanidagi “Shashmoxkashob Tekstil” MChJ yiliga 6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. 10 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi. Uning ishga tushirilishi 300 ta ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

2019 yilda mazkur korxonani kengaytirish hisobidan yiliga 7 mln. pogonometr trikotaj va to‘quvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha yana 350 yangi o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda.

“Shashmoxkashob Tekstil” MChJning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Bahodir Po‘latov ushbu to‘qimachilik korxonasi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidladi. Ishda fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning bir guruhiga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK