» » ROSSIYALIK ISHBILARMONLAR SURXONDARYODA
Murojaat yo`llash

Joriy yilning 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan  “O‘zbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi doirasida Surxondaryo hamda Novosibirsk viloyatlari rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari ishtirokida qator uchrashuvlar o‘tkazilganligi haqida avval xabar bergan edik. 

Uchrashuvlar chog‘ida hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha bitim,  investitsion loyihalarni amalga oshirish va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha jami 390,8 mln. dollarlik 14 ta shartnoma imzolanib, kelgusida 2 ta ulgurji-ta’minot markazi, 1 ta savdo uyini tashkil etishga kelishib olindi.


Forumdan so‘ng “TX Sibirskiy Gigant” MChJ direktori Aleksandr Mansurov boshchiligidagi bir guruh rossiyalik ishbilarmonlar Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ular Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskani, “Gold Agro Fresh” agrofirmasidagi issiqxona majmuasi, “Gold Dreid Fruits” MChJning meva-sabzavotni qayta ishlash va saqlash faoliyati, “Termez Cargo Centre” MChJ tomonidan tashkil etilgan Xalqaro logistika markazi hamda Sherobod tumanida tashkil etilgan anorzorlar bilan yaqindan tanishdilar.


Tashrif so‘ngida “TX Sibirskiy Gigant” MChJ bilan Rossiya bug‘doyini “SURXON IMPORT EKSPORT AGRO” MChJda qayta ishlagan holda Afg‘oniston Islom Respublikasiga eksport qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK