» » O‘ZBEKISTON-ROSSIYA: TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI HAMDA SOCHI DAVLAT UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK KELISHUVI IMZOLANDI
Murojaat yo`llash
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida kecha Toshkentda boshlangan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumining yalpi yig‘ilishi va sho‘balarga bo‘lingan holda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda sohaga oid dolzarb vazifa va masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.
Forum davomida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma dasturlar asosida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga doir qator kelishuvlarga erishilmoqda.
Jumladan, Termiz davlat universiteti hamda Sochi davlat universiteti rektorlari talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish bo‘yicha shartnoma imzoladilar.
Forum bugun o‘z ishini davom ettirmoqda.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK