» » O‘ZBEKISTON-ROSSIYA: SURXONDARYO VA NOVOSIBIRSK VILOYATLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK BITIMI IMZOLANDI
Murojaat yo`llash

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Anjuman bugun ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil qilingan “Salohiyatlarni namoyish etamiz” mavzusidagi biznes nonushta bilan boshlandi. Unda mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni o‘rnatish, iqtisodiy zonalar istiqbollari kabi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Anjumanda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ham viloyatning investitsiya salohiyati va uni ro‘yobga chiqarish borasida erishilayotgan natijalar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazdi.


Taqdimotdan so‘ng Surxondaryo viloyati hokimi hamda Novosibrsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida hududlararo hamkorlik bitimi imzolandi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK