» » MEVA-SABZAVOTLARIMIZ XUSHTA’M, SIFATI YUQORI
Murojaat yo`llash

MEVA-SABZAVOTLARIMIZ XITOYLIK ISHBILARMONLAR E’TIROFIDA: XUSHTA’M, SIFATI YUQORI, EKOLOGIK TOZA

Amaliy tashrif bilan viloyatimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasi delegatsiyalari a’zolari Oltinsoy, Denov, Uzun va Sariosiyo tumanlariga tashrif buyurishdi.

Xitoylik ishbilarmonlarning Oltinsoy tumanidagi “East West Surxon”, Denov tumanidagi “Shashmohkashob”, “Rahmon-Taraqqiyot-Omad”, “Denov vino-aroq”, Uzun tumanidagi “Uzun Agro Rebbit”, Sariosiyo tumanidagi “UzAgroLider”, “Rayim Alibek Mirzo”, “Abdurahmon-Abdug‘affor-Davr” singari xo‘jalik subyektlari faoliyati bilan tanishuvi hamkorlik uchun muhim qadam bo‘ldi.

Tanishuv jarayonida mahalliy va xorijlik tadbirkorlar meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy texnologiyalari, mahsulotni qayta ishlash va eksportini takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.


Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi a’zolarining viloyatimizdagi tashrifi yakunida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan memorandumlar imzolash ko‘zda tutilgan.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK