» » BOYSUNDA DINOZAVRLARNING YANGI IZLARI TOPILDI
Murojaat yo`llash

Rossiya, Fransiya va Shvetsariya speleologlaridan iborat xalqaro ekspeditsiya a’zolari joriy yilning 3 avgustidan 17 avgustigacha Boysun tog‘laridagi Boybuloq g‘orini tadqiq qilish jarayonida Tiranozavrlarnikiga o‘xshash bir necha izlarni topdilar.

“Bizning davrimizda dinozavrlarning yangi xalqasini topish - ancha kam uchraydigan hodisa. Bundan oldin Xo‘ja G‘urg‘ur Ota tog‘ tizmasida dinozavrlarning izlari topilgan edi. Bu gal esa Cho‘lbayir tizmasida ilk bor dinozavrlarning izlari topildi. Izlar Boybuloq g‘ori yaqinida, g‘ordan balandlikka ko‘tarilib boraverish joyida topildi. Izlarning uch tirnoqli ekanidan kelib chiqib mutaxassislar bu dinozavrlarning yirtqich turi vakilining izi deb o‘ylashadi. Cho‘lbayirdagi dinozavr izlari bir necha million yillik izlar, deb aytish mumkin”, - deydi xalqaro ekspeditsiya rahbari Vadim Loginov.

Boybuloq g‘ori Osiyodagi eng chuqur g‘or hisoblanadi. Uning chuqurligi 1415 metrni tashkil etadi. Boysuntog’ning Xo‘ja G‘urg‘ur Ota tizmasidagi “Qorong‘u yulduz” g‘orlar tizimi esa dunyodagi eng chuqur g‘or bo‘lishi mumkin, ammo hozircha qator sabablar bois ushbu g‘orlar tizimini to‘liq o‘rganishning imkoni bo‘lmagan.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK