» » XITOYLIK ISHBILARMONLARNING VILOYATIMIZGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA
Murojaat yo`llash

Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasidan viloyatimizga tashrif buyurgan bir guruh ishbilarmon doira vakillari Jarqo‘rg‘on,  Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida bo‘lishdi.

Tashrif davomida mehmonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va eksportga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Surxon Golden Trade” MChJning Jarqo‘rg‘on tumanidagi sexida yeryong‘oqni saralash jarayoni, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Asadbek Imkon Maks” chorvachilik kompleksining  naslli qoramollarni ko‘paytirish orqali mahsuldorlikni oshirish,  Sho‘rchi tumanidagi “Mo‘min tekstil” MChJning to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi a’zolarining viloyatimizdagi tashrifi davomida Denov, Oltinsoy, Boysun, Sherobod, Angor tumanlaridagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, meva-sabzavotchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan ham yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.

5 kunlik tashrif yakunida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan memorandumlar imzolash ko‘zda tutilgan.
Maqola muallifi:
010719977
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK