» » XITOYLIK ISHBILARMONLAR SURXONDARYODA
Murojaat yo`llash

Joriy yilning 31 iyul – 3 avgust kunlari Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga uyushtirgan amaliy safari davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, kecha Sichuan provinsiyasining bir guruh ishbilarmon doira vakillari viloyatimizga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kuni Termiz shahri va tumanidagi tarixiy  obidalar va qadamjolar, mustaqillik davrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan xorijlik mehmonlar ishtirokida bugun viloyat hokimligida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, eksport uchun yaratilgan qulaylik haqida ma’lumot berildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.

213 ta kompaniyani o‘zida birlashtirgan, 40 ming nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilayotgan ZiGong Guo Ming Food Co., Ltd. assotsiatsiyasi prezidenti Chjou Guoming tabiiy iqlim sharoiti, malakali ishchi kadrlari va qulay jug‘rofiy joylashuvi Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi salohiyatining asosi ekanligini ta’kidlar ekan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yaxshi samara berishini e’tirof etdi.


5 kunlik tashrif davomida mehmonlarning viloyatdagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.

Maqola muallifi:
010719977
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK