» » SURXONDARYODA SHAMOLDAN ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA
Murojaat yo`llash

Mamlakatimiz ulkan shamol resurslariga ega bo‘lib, ulardan arzon elektr energiyasi olish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Shu bois Surxondaryo viloyatida aholi hamda sanoat ishlab chiqarishni arzon energiya bilan ta’minlash maqsadida shamol energetikasini rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Bahodir Po‘latov hamda Turkiyaning “ETKA CO ENERJI” AŞ hamda Toshkentdagi “SHAMS” ilmiy markazi vakillari Zulfiqor Ustungar va Zafar Shermatov o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda ushbu kompaniya tomonidan Boysun tumanida 600 mVt. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan shamol energiyasini ishlab chiqarish loyihasi haqida so‘z yuritildi.

Muloqotda “ETKA CO ENERJI” AŞ kompaniyasi “SHAMS” ilmiy markazi bilan hamkorlikda Boysun tumanining dengiz sathidan 1500-1700 metr balandlikda joylashgan tog‘li hududida shamol elektr stansiyasini qurish  va muqobil elektr energiya ishlab chiqarish uchun umumiy qiymati 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish,  shamol energiyasi uskunalari va jihozlarini o‘rnatish, loyiha ishga tushgach ishlab chiqarilgan elektr energiyani hozirgidan 10 foiz arzonlashtirilgan holda sotish, shuningdek, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalar kelishib olindi.

Ushbu yirik loyihani 2020 yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilayotgan bo‘lib, buning natijasida Boysun va Sherobod tumanlaridagi iste’molchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash sifati yanada oshadi. 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Maqola muallifi:
010719977
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK