» » DENOVDA TOMAT PASTASI ISHLAB CHIQARILMOQDA
Murojaat yo`llash
Surxondaryo hududining unumdor maydonlarida pishib yetilgan, zarrin quyosh taftini maromida yegan, sarxil, ekologik zararsiz, totli meva-sabzavotlarning xorijda talabgori ko‘p.
Viloyat hokimligida “TAVLIDI SAFO” MCHJ rahbari Ahmad Sharifiy (Buyuk Britaniya) bilan bo‘lgan muloqotda 100 gektar maydonda sarxil pomidor yetishtirib, mahsulotni qayta ishlagan holda tomat pastasi ishlab chiqarish va  xorijga eksport qilish loyihasini amalga oshirish masalasi muhokam etildi.
Muloqot yakunida xorijiy korxona vakillari bilan Denov tumanida tomat pastasi ishlab chiqaruvchi zavod va ko‘chat tayyorlash uchun issiqxona qurish, pomidor yetishtirish uchun unumdor yer ajratish,  suv va o‘g‘itni tejash maqsadida tomchilab sug‘orish tizimini joriy etish, ishlab chiqarish liniyasini zamonaviy uskunalar va maxsus texnikalar bilan ta’minlashga kelishib olindi.
Maqola muallifi:
010719977
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK