» » Mahalladan «spravka» so‘rash bekor qilindi
Murojaat yo`llash

Hukumat qaroriga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:


• shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini;

• shaxsning ishsizligini;

• bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

• shaxsning tavsifnomasi.


Endilikda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur bo‘lsa, mazkur ma’lumotlar tegishincha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.


2020 yil 1 yanvardan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida oila tarkibi, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar tegishli tashkilot tomonidan FHDYo organlaridan mustaqil ravishda olinadi.

Maqola muallifi:
010719977
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK