» » SURXONDARYODA DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYOT BUYUMLARI ISHLAB CHIQARILADI
Murojaat yo`llash

Bugun viloyat hokimligida Toshkentdagi tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Noble Star” MChJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Suhbat jarayonida vohamizda o‘sadigan turli xil dorivor o‘simliklardan ko‘plab turdagi dori-darmon vositalari hamda tibbiyotda qo‘llaniladigan bir martalik shprits, shuningdek, maxsus xalat, poyabzal, qo‘lqop singari tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

“Yangi tashkil etilgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasida mahalliy xomashyodan raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi viloyat aholisini sifatli dori-darmon vositalari  va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, deyildi muloqotda.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK