» » SURXONDARYO VILOYATIDA OLIY TA’LIM
Murojaat yo`llash

Termiz davlat universiteti

👉 1954 yilda tashkil topgan va 1992 yilda universitet maqomi berilgan Termiz davlat universitetida  2018/2019 o‘quv yilida 43 bakalavriat va 18 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 

👉 Bugungi kunda oliygohda 12 ta fakultet, 39 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, jami 11000 nafarga yaqin talaba, jumladan, ularning 8500  nafardan ortig‘i kunduzgi, 1000 nafardan ortig‘i maxsus sirtqi, 300 nafardan ortig‘i sirtqi, 160 nafari magistratura bo‘limlarida, 1000 dan ortig‘i ikkinchi oliy ta’lim shakli asosida tahsil olmoqda Talabalarga 12 nafar fan doktori, professor, 120 nafardan ortiq fan nomzodi, dotsent, 450 nafardan ortiq katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda. 


👉 Universitetda talabalarning tahsil olishi uchun 9 ta o‘quv binosi, 4 ta talabalar turar joyi, shuningdek, qurilishi, jihozlanishi va adabiyot fondi bo‘yicha Respublikada yetakchi bo‘lgan, bir paytning o‘zida 365 nafar talabaga xizmat qila oladigan Axborot resurs markazi, ochiq va yopiq sport majmualari mavjud. 


👉 Universitet jamoasi 2017/2018 o‘quv yilida ilmiy, o‘quv, ma’aviy-ma’rifiy va sport sohasida qator yutuqlarni qo‘lga kiritib, Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi reytingda 57 o‘rnidan 17 o‘ringa ko‘tarilishga erishdi. 


👉 Universitetda jahonning yirik oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Chikago universiteti Sharqshunoslik instituti, Fransiya Fanlar Akademiyasi SNRS-UMR (ilmiy-tadqiqot) markazi, Germaniyaning Gissen universiteti, Buyuk Britaniyaning Rittl universiteti, Chexiyaning Karlova universiteti, Yaponiyaning Risshio universiteti, Soko universiteti, Rossiya Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti va shu kabi qator universitetlar bilan ilmiy va o‘quv sohada keng hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan. 


👉 O‘z tuzilmasida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, Akademik litsey va Denov filiali bo‘lgan Termiz davlat universiteti bugun dunyoga tobora yuz tutmoqda.

Maqola muallifi:
010719977
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK