» » Viloyatda ta'lim sohasi
Murojaat yo`llash

SURXONDARYO VILOYATIDA MAKTABGACHA TA’LIM


👉 Viloyatda hozirda 333 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularning 328 tasi davlat, 5 tasi davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridir. 35 454 nafar bolani qamrab olgan ushbu muassasalarda jami 3123 nafar pedagog mehnat qilmoqda.


👉 2018 yilda 17380 o‘ringa mo‘ljallangan 242 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Ularning 158 tasi (12 570 o‘rinli) ajratilgan yer maydonlarida, 84 tasiga (4810 o‘rinli) “nol” xarid qiymatida berilgan bino va inshootlarda tashkil etilmoqda.



SURXONDARYO VILOYATIDA XALQ TA’LIMI


👉 Viloyatda hozirda 865 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda  36 948 nafar o‘qituvchi 470 303 nafar o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. 


👉 2018 yilda 78 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan,  31 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi binolari kapital rekonstruksiya qilindi, 4 tasi kapital ta’mirdan chiqarildi, 2 ta maktab binolari yangidan qurilayapti, 33 tasida zamonaviy sport zallari barpo etildi. Ushbu ishlar uchun budjetdan  74 mlrd. 965 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.


👉 Investitsiya dasturi asosida joriy yilda 167 ta maktabga yangi jihozlar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikalari olib kelinadi.       



2018 yilda viloyatimiz xalq ta’limi tizimi o‘quvchi yoshlari va pedagoglari Respublika va Xalqaro miqyosda quyidagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar:


👉 "Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi", “Yilning eng obod ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovlarida 1-o‘rin;


👉 "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2018", "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori", "Islom Karimov asarlari bilimdoni" ko‘rik-tanlovlarida 2-o‘rin;


👉 "Bilimlar bellashuvi"da 3-o‘rin;


👉 "Huquq bilimdonlari", "Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovlarida 5-o‘rin.


👉 ikki nafar o‘quvchimiz matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan 14-Xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi. 


👉 Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyev Bolgariyaning Burgas shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritdi.


👉 Joriy yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi munosabati bilan ilk marta o‘tkazilgan iqtidorli o‘quvchilarning innovatsion olimpiadasida viloyatimiz o‘quvchilari 4-o‘rinni egalladi.


👉 2018 yilning o‘tgan davri mobaynida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika va Xalqaro sport musobaqalarida yosh sportchilarimizning 23 nafari oltin, 17 nafari kumush, 20 nafari bronza medallari sohibi bo‘ldi.



SURXONDARYO VILOYATIDA O‘RTA MAXSUS KASB HUNAR TA’LIMI


👉 Viloyatimizda hozirda 114 ta kasb-hunar kolleji va ularning 10 ta filiali faoliyat ko‘rsatayapti. Ularda 47636 nafar o‘quvchi tahsil olib,5977 nafar o‘qituvchi va murabbiy mehnat qiladi.


👉 Viloyatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining 22 nafari umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika olimpiadasining IV Respublika bosqichida 9 ta fan bo‘yicha, 4 nafari Xalqaro fan olimpiadalarida  2 ta fan bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etdi.


👉 Ulardan  TerDU qoshidagi Akademik litsey  o‘quvchisi Farangiz Obidova Rus tili va adabiyoti fanidan 3-o‘rinni egallab, oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.


👉 Denov xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Odil Yunusov Portugaliyada fizika fanidan o‘tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK