» » “TERMIZ” ERKIN IQTISODIY ZONASI – TARAQQIYOT TAYANCHI
Murojaat yo`llash

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pulatov Termiz tumani hududida yangi tashkil etilgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati - “Surxon Global Trade” MChJ vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq, chegaradosh mamlakatlar, xususan Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan samarali savdo va transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida viloyatimizning chegara yaqini hududida ilgari ajratilgan 3000 gektar maydonli yer uchastkasida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Uning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yil bo‘lib, keyinchalik uni uzaytirish ehtimoli ham bor. 

“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati - Bosh direktor Alisher Tillayev boshchiligidagi “Surxon Global Trade” MChJ vakillari bilan bo‘lgan muloqotda mahalliy xomashyo va materiallar negizida raqobatbardosh tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish, EIZ hududidagi sanoat korxonalari va infratuzilma ob’ektlarida yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bilan bog‘liq hamkorlikdagi vazifalar atroflicha muhokama etildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK