» » DUSHANBE SAFARI: YAXSHI QO‘SHNICHILIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA
Murojaat yo`llash

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi elchisi taklifiga ko‘ra, elchixona tashabbusi bilan Dushanbe shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

“Tojikiston” mehmonxonasining marosimlar zalida tashkil etilgan  bayram tadbiriga Tojikiston hukumati a’zolari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, o‘zbek millatga mansub fuqarolar va o‘zbekistonlik talaba-yoshlar ham tashrif buyurdi.

Ikki davlat o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvlarning mantiqiy davomi bo‘lgan ushbu tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni eng ulug‘, eng aziz bayram bilan bilan qutlashib, mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida dadil odimlayotgan do‘st va qardosh o‘zbek xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilashdi.

Bayram tadbirida ikki davlat tilida yangragan kuy-qo‘shiqlar va ijro etilgan raqslar barcha mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shundan so‘ng do‘stona va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot va uchrashuvlarda chegaraoldi mintaqalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK