» » MUZRABOTDA YANGI OBYEKTLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Murojaat yo`llash
Viloyatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari chekka-chekka hududlarda ham jadal davom etib, joylarda aholi uchun keng qulayliklar yaratilayapti. 
Xususan, Muzrabot tumanida kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan “Yurtim jamoli” MFY, 9-hamda 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, 47-oilaviy poliklinikaning zamonaviy va ko‘rkam binolari mahallalar chiroyiga yanada chiroy bag‘ishladi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirlarda yangi ochilayotgan muassasalardagi shart-sharoit va imkoniyatlar, qulayliklar borasida so‘z yuritildi. 
Tanishuv jarayonida“Yurtim jamoli” MFY binosidagi aholi bilan yanada samarali ishlash imkoniyatini beruvchi sharoitlar, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi dam olish va mashg‘ulotlar xonalarini zarur mebel, o‘quv-uslubiy, ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgani, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida oilaviy poliklinikaning zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanganligi mehmonlarga manzur bo‘ldi.
Maqola muallifi:
010719977
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK