» » TERMIZ SHAHRIDA YANGI UY-JOYLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Murojaat yo`llash

Viloyatimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Termiz shahridagi Farovon massivida ham qurib, foydalanishga topshirilgan jami 450 xonadondan iborat yetti qavatli 10 ta uy-joy shular jumlasidandir.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yangi uy sohiblari hamda ularning yaqinlari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar uy egalarini qizg‘in tabriklab, mamlakatimizda yangi uy-joylar qurish hisobiga aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tishdi.

“Saodatbonu-Aziza-Termiz” MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan ikki va uch xonali xonadonlardan iborat mazkur ko‘rkam uylar oilalarning farovon hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan. Hovlidagi sport maydonchalari bolajonlarning quvnoq qiy-chuvlari bilan to‘lganidan uy bekalari nihoyatda mamnun.

Mehmonlar yangi uylarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Tadbir sanatkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Maqola muallifi:
010719977
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK