» » “OILA” MARKAZINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Murojaat yo`llash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tubdan rekonstruksiya qilingan yangi binosining tantanali ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.Toshmuhammedova ishtirok etdi.

Uch qavatli muhtasham binoda viloyat va Termiz shahar markazlarining samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Birinchi qavat “Oila” markazi bilan hamkorlikda ishlaydigan nodavlat tashkilotlarga ajratilgan. Ikkinchi qavatda shahar “Oila” markazi, boy kitob fondiga ega “Oila” kutubxonasi, o‘quv zallari, trenirlar uchun maxsus jihozlangan xonalar hamda fuqarolarni qabul qilish xonasi joylashgan.

“Oila” markazining viloyat boshqarmasi uchinchi qavatga joylashgan. Bu yerda keng, yorug‘ faollar zali ham bunyod etilib, zamonaviy usulda jihozlangan. Yer to‘lada oshxona va omborxona qurilgan. Barcha qavatlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgani, xonalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlangani ham xodimlarning ish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Tadbir ishtirokchilari zamonaviy qiyofada qad rostlagan ko‘rkam binoda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK