» » DENOV TUMANIDA HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI
Murojaat yo`llash

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, bu borada ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, faoliyati davomida uchrayotgan to‘siqlar, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi Denov tumanida tashkil etildi.

Dastlab tuman markazidagi “Afrosiyob” istirohat bog‘ida tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining zamonaviy savdo majmuasi, statsionar davolash markazi, hammom qurilishi, tomat pastalari, semichka yog‘, ayollar va bolalar paypoqlari, xo‘jalik sovuni va sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlashni tashkil etish va boshqa istiqbolli investitsiyaviy loyihalari, eksport takliflari bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi.

Shundan so‘ng tuman hokimligi binosida tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, viloyat tijorat banklari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha guruh faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.

Muloqot davomida muammoga duch kelayotgan tadbirkorlar birma-bir tinglandi. Ular tomonidan aytilgan taklif va murojaatlarni qisqa muddatda qonuniy asosda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi F.Jalilov ishtirok etdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK