» » XODIMLAR SHAXSIY SIFAT VA QOBILIYATLARI BILAN BARCHAGA O‘RNAK BO‘LSIN
Murojaat yo`llash

Bugun viloyat hokimligida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining kasb etikasi qoidalariga qat’iy rioya etish, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarish majburiyati, davlat xizmatida suiste’molliklarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari apparat xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda idoraviy Odob-axloq qoidalariga muvofiq, xodimlarga o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish, nojo‘ya xulq-atvordan o‘zini tiyish, mansab vakolatini suiste’mol qilishga va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatlari yuklatilgan bo‘lsada, ba’zi xodimlar tomonidan ushbu majburiyatlarga rioya etmaslik holatlari kuzatilayotganligi tanqid qilindi.

Ta’kidlanganidek, xodimlar tomonidan xizmat vazifasini bajarishda fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olmaslik, ularni mensimaslik, dabdababozlik, murojaatlar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, yer ajratish bilan bog‘liq suiste’molchiliklar, xizmat mavqeidan boshqa tashkilotlar faoliyatiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yish kabi salbiy holatlar davlat organining nufuziga zarar yetkazishga sabab bo‘ladigan vaziyatlarni keltirib chiqaradi.

Ushbuni inobatga olib, yig‘ilishda ijro etuvchi hokimiyat organlari barcha xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyatiga rioya qilish mas’uliyatini yanada oshirish, mehnat intizomini ta’minlash, mas’ul lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarga talablarni kuchaytirish, mansab vakolatini suiste’mol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Maqola muallifi:
010719977
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK