» » HOKIM VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA
Murojaat yo`llash

Surxondaryo viloyati hokimligida tadbirkor va ishbilarmonlarni o‘ylantirayotgan muammolarini hal qilish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi o‘tkazib kelinayotgani yaxshi samara bermoqda.

Bugun ham faoliyati davomida muammoga duch kelgan tadbirkorlar   birma-bir tinglandi.

Muloqot jarayonida yosh ishbilarmonlar Jasur Amonovga nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktabini ochish uchun Termiz shahar hududidan “nol” qiymatida bo‘sh bino,  Azizbek Bo‘riyevga jamoat transporti innovatsion “Aqlli bekat”ini qurish uchun yer maydoni ajratish, “Koskan Termiz” xususiy korxonasiga olib boruvchi umumiy foydalanish yo‘lini ta’mirlash, “Polvontosh” MChJning yangi qurilgan Avtomobillarga gaz to‘ldirish shaxobchasiga gaz tarmog‘ini olib kirishda yuzaga kelayotgan muammoni bartaraf etish, shuningdek, boshqa tadbirkorlar tomonidan aytilgan taklif va murojaatlarni ham o‘rganib chiqib, qisqa muddatda qonuniy asosda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.


Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK