» » TADBIRKORLIK TASHABBUSLARI VA LOYIHALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘IShLANDI
Murojaat yo`llash

Bugun viloyat hokimligida tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish, investitsiyaviy salohiyatni yanada yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hisob palatasi vakillari, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, aloqador tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3939-sonli qarori bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha guruhning asosiy vazifalari,  2018 yil 19 iyuldagi 3874-sonli qaroriga asosan, viloyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish va bu ishlarni doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur ijrosi hamda  viloyatning investitsiyaviy salohiyatini yanada yuksaltirish xususida fikr almashishdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK