» » SAN’AT BAYRAMIDA SURXONDARYOLIKLARNING FAOL ISHTIROKI ALOHIDA E’TIROF ETILDI
Murojaat yo`llash

Joriy yilning 6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk marotaba Xalqaro maqom san’ati anjumani ko‘tarinki ruhda o‘tkazilganligidan xabaringiz bor. Ushbu san’at bayramida Surxondaryo viloyati jamoasi ham faol ishtirok etdi.


Xususan, Oqsaroy atrofidagi maydonda vohamizning turmush tarzi, an’ana va urf-odatlarini ifoda etuvchi etnografik shaharcha barpo etildi. Undagi mo‘‘jaz sahnada teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor jamoalarining chiqishlari, hunarmandlar ko‘rgazma-yarmarkasiga qo‘yilgan vohaning boy tarixidan darak beruvchi qadimiy so‘zana va liboslar, gilamlar, milliy cholg‘ular, sopol buyumlar namunalari hamda milliy taomlar namoyishi 73 davlatdan kelgan 300 dan ziyod ishtirokchi va mehmonlarga hayrat ulashdi.

O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini targ‘ib etish, uni asrab-avaylash, yosh avlodni mumtoz navolarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘lgan ushbu ushbu anjumanda Surxondaryo viloyati jamoasining faol ishtiroki, uning teatrlashtirilgan tomoshalari, folklor chiqishlari va ko‘rgazma-yarmarkasi yuksak saviyada tashkil etilgani alohida e’tirof etildi. Surxondaryo viloyati hokimligi I-Xalqaro maqom san’ati anjumani tashkiliy qo‘mitasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK