» » “PAXTA TERIMI - 2018” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
Murojaat yo`llash

Joriy yilda paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, urug‘lik chigit, mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlari o‘z vaqtida dala boshiga yetkazilib berilganligi, suvdan oqilona foydalanilganligi, dehqonu-fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga dalalarda mo‘l hosil to‘planishiga erishildi. Galdagi asosiy vazifa fidokorona mehnat hamda katta xarajat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishdan iborat.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan majburiy mehnat sohasida amalga oshirilgan qator huquqiy o‘zgarishlar sababli joriy paxta yig‘im-terimi mavsumi davrida ham majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi. Unda ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarga esa iqtisodiy manfaatga asoslangan sharoit yaratib berish zarur.

Shunga muvofiq, bugun Termiz shahridagi Bobur nomli istirohat bog‘ida “Paxta terimi - 2018” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda fuqarolarga terilgan 1 kg. paxta uchun terimchilarga belgilangan rejani bajarganligiga qarab 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha, viloyatning Qiziriq va Muzrabot tumanlarida 950 so‘mdan 1300 so‘mgacha terim pullari berilishi, shuningdek, otryad tomonidan terilgan 80 tonna paxta xom ashyosi uchun otryad rahbarlariga 1 mln. so‘m, 80 tonnadan oshirilgan har tonna uchun 50 ming so‘mdan ish haqi to‘lab borilishi tushuntirildi.

Yarmarka yakuniga ko‘ra, paxta yig‘im-terimiga ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan 430 nafar fuqaro Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ro‘yxatga olindi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+8
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK