» » MUZRABOTDA KUZGI G‘ALLA URUG‘INI EKISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Murojaat yo`llash

Boshoqli don ekinlarining ekish muddatlarini to‘g‘ri belgilash zarur tadbirlardan biri bo‘lib, kelgusi yil hosili taqdirini belgilaydi. Hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda kuzgi bug‘doy urug‘ini ekish ishlarining maqbul muddatlarda o‘tkazilishi urug‘ni bir tekis undirib olish, qishki tinim davriga kirish uchun tayyorgarlik holatining yaxshi o‘tishi, me’yorida qishlash va yuqori hosil berishini ta’minlaydi.

Shu munosabat bilan bugun Muzrabot tumanida kuzgi g‘alla urug‘ini ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, aloqador tashkilot, korxona va fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi. O‘tkazilgan seminarda tumandagi 6000 gektar ochiq maydon, 8000 gektar g‘o‘za qatori orasiga kuzgi bug‘doy ekish agrotexnikasi bo‘yicha tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.

Seminarda ochiq maydon hamda g‘o‘za qatori orasiga g‘alla ekish ishlari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK