» » ISTE’DODLAR KAMOL TOPMOQDA
Murojaat yo`llash

Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatida o‘qitish jarayoniga ilg‘or metod va usullar, yangi pedagogik texnologiyalarning tatbiq qilinganligi, dars va mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi o‘g‘il-qizlarning fanlarga qiziqishini oshirmoqda. Pirovardida, ta’lim sifati va samaradorligi yuksalib, ularning nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirlanishiga, turli xalqaro ko‘rik-tanlov hamda intellektual musobaqalarda zafar quchishiga zamin yaratmoqda. 

Xususan, 2018 yilning mart oyida maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi Shaymardonova Muxlisa Usmonovna o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgani uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan bo‘lsa, iyul oyida Bolgariyaning Burgas shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada 8-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyevning bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritishi ta’lim muassasasidagi sa’y-harakatlarning amaliy samarasidir.

Kuni kecha viloyat hokimligida  video selektr shaklida o‘tkazilgan  “Hokimlik soati” da bu yoshlarning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Ularning o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilanib, viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday e’tiboru e’tirof vohada yana ming-minglab iste’dodning sayqal topishi, mahoratlar charxlanishi, buloqlar ko‘z ochishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK