» » ZAMONAVIY UY-JOY QURILISHI KO‘LAMINI KENGAYTIRISH MAQSADIDA
Murojaat yo`llash

Viloyatimiz shahar va qishloqlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi uy-joylar qurish hisobiga aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, hududlarda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimligida Afg‘onistonning “Inigue Builders construction company” MChJ ta’sischilari  Ahmad Jovid Sultoniy, Aminulloh Anvariy va Abduljabbor Abdulg‘affor bilan o‘tkazilgan muloqotda ham arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish masalasi muhokama etildi.

Unda Termiz shahrining 4-kichik dahasida zamonaviy qurilish materiallari asosida ko‘p qavvatli uy-joylar kompleksini bunyod etishga kirishish, uning rejasida maktabgacha ta’lim muassasasi, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, sport maydonchalari va muhandislik tarmoqlari, hovli qismida bolalar maydoni, uy egalari dam olishlari uchun sharoitlarni e’tiborga olish borasida so‘z yuritildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK