» » O‘RGANISH NATIJALARI, TAHLIL VA NAZORAT
Murojaat yo`llash

Mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muhitni o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida 10 kun davomida Angor tumanida faoliyat olib borgan Respublika Ishchi guruhi kecha o‘z ishini yakunladi.

O‘rganish natijalariga bag‘ishlab, bugun tumanda o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.Ikromov, viloyat va tuman hokimliklari mutasaddilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Respublika, viloyat va tuman ishchi guruhlari a’zolari mavjud 36 ta mahalladagi 21 718 ta xonadonning 21 391 tasi (98,5 foiz)da bo‘lishib, ularning muammolarini o‘rganishdi. Uyma-uy yurish natijasida aholi tomonidan turli yo‘nalishlarda jami 7085 ta masala ko‘tarildi. Ushbu masalalarning 1930 tasi o‘rganish davomida joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlarini ijobiy hal etilish bo‘yicha aniq manbalari va ijrochilari belgilangan yo‘l xaritasi shakllantirilmoqda.


Fuqarolardan tushgan murojaatlar asosan gaz, elektr energiya va toza ichmlik suvi bilan ta’minlash, umumfoydalanish va ichki yo‘llarni ta’mirlash, sog‘liqni saqlash, bank kreditini ajratish, ishga joylashish masalalariga oid bo‘lib, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddilarning   hisobotlari tinglandi. 


O‘rganish davomida tumanga 300 dona maishiy gaz balonlari keltirilib, 150 tasi tarqatilganligi, 4 dona yangi transformator va 40 dona temir-beton tayanch o‘rnatilganligi, 4 ta ichimlik suvi qudug‘i va minorasi ishga tushirilib, 150 m suv quvurlari tortilishi natijasida 467 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi va boshqa bir qator bajarilgan ishlar e’tirof etildi.


Yig‘ilishda aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK