» » EKSPORTYOR KORXONALAR VAKILLARI BILAN MULOQOT
Murojaat yo`llash

Bugun viloyat hokimligida belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlarni ta’minlash va eksportni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy eksport qiluvchi korxonalar va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mahalliy budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlashda viloyat eksport salohiyatining mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyati atroflicha tahlil qilindi. 

Muloqot davomida eksportyor korxonalarning mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalari, ushbu rejalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi, takliflari tinglandi. Aloqador tashkilotlar va tijorat banklari rahbarlariga ushbu korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish va ularga har tomonlama qulayliklar yaratish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK