» » “DUSHANBE-TERMIZ” XALQARO AVTOBUSINING ILK YO‘LOVCHILARI TERMIZGA KELDI
Murojaat yo`llash
“Dushanbe-Termiz” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 251 km bo‘lib, qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 5 soat-u 39 daqiqani tashkil etadi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Termizdan Dushanbegacha - 70 ming so‘m. Dushanbedan-Termizgacha esa 70 somoniy qilib belgilangan.
Termizga kirib kelgan Tojikiston delegatsiyasi a’zolarini shahar avtoshohbekatida viloyat va Termiz shahar hokimligi mutasaddilari, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari kutib olishdi. O‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdilar. 
Shundan so‘ng Tojikiston delegatsiyasi a’zolari Termiz shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK