» » ULUG‘LAR DUOSI – EL MUDDAOSI
Murojaat yo`llash

Odatda biror ishni boshlashdan avval ota-onamizning, yoshi ulug‘ insonlarning maslahat va duolarini olamiz. Zero, maslahatli to‘y tarqamaydi, nuroniy otaxonu onaxonlarning duosi bilan boshlangan ish esa xayrli bo‘ladi.

Bugun Termiz tumanidagi Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohida ham shunday bo‘ldi. Dehqonu-fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga viloyatimiz dalalarida yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish ishlarini boshlashdan avval yoshi ulug‘ insonlar, voha faollari uchun dasturxon yozilib, osh tarqatildi.

Nuroniylar fidokorona mehnat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yuqori sifatda yig‘ib-terib olishda kuch-quvvat, xirmonlarimizning barakali, xalqimiz nasibasi ziyoda bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK