» » QUYOSH BATAREYALARI O‘RNATILADI
Murojaat yo`llash

Mamlakatimizda muqobil energiya manbalari, eng avvalo quyosh energiyasidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Headwall Power LLC” kompaniyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda ham viloyatimizning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan quyosh elektrstansiyalarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot chog‘ida “Headwall Power LLC” kompaniyasining qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari haqida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu kompaniya tomonidan Qiziriq tumanida quvvati 300 megavatdan 1 gigavatgacha bo‘lgan, umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollarlik loyihalarni amalga oshirish, bunda birinchi bosqichda Bandixon massivida 490 ta xonadonga tajriba tariqasida quyosh panellarini o‘rnatishga kelishib olindi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK