» Материалы за 10.09.2018
Murojaat yo`llash
ULUG‘LAR DUOSI – EL MUDDAOSI
Odatda biror ishni boshlashdan avval ota-onamizning, yoshi ulug‘ insonlarning maslahat va duolarini olamiz. Zero, maslahatli to‘y tarqamaydi, nuroniy otaxonu onaxonlarning duosi bilan boshlangan ish esa xayrli bo‘ladi. Bugun Termiz tumanidagi Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohida ham shunday bo‘ldi. Dehqonu-fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga viloyatimiz dalalarida yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish ishlarini boshlashdan avval yoshi ulug‘ insonlar, voha faollari uchun dasturxon yozilib, osh tarqatildi. Nuroniylar fidokorona mehnat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yuqori sifatda yig‘ib-terib olishda kuch-quvvat, xirmonlarimizning barakali, xalqimiz nasibasi ziyoda bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.
ULUG‘LAR DUOSI – EL MUDDAOSI

Muallif:
Matbuot xizmati
10
sen
+3
ANGORDA MINERAL O‘G‘IT ISHLAB CHIQARADIGAN YIRIK KORXONA TASHKIL ETILADI
Tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda mineral o‘g‘itlarning ahamiyati katta. “Naturein Co.LTD” Janubiy Koreya Respublikasidagi mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniyalardan biridir. Viloyat hokimligida ushbu kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatimizning Angor tumanida umumiy loyiha qiymati 18 mln. dollarga teng bo‘lgan mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish, korxona foydalanishga topshirilgach qator yangi ish o‘rni yaratish masalalari kelishib olindi.
ANGORDA MINERAL O‘G‘IT ISHLAB CHIQARADIGAN YIRIK KORXONA TASHKIL ETILADI

Muallif:
Matbuot xizmati
10
sen
+5
QUYOSH BATAREYALARI O‘RNATILADI
Mamlakatimizda muqobil energiya manbalari, eng avvalo quyosh energiyasidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Headwall Power LLC” kompaniyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda ham viloyatimizning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan quyosh elektrstansiyalarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Muloqot chog‘ida “Headwall Power LLC” kompaniyasining qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari haqida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu kompaniya tomonidan Qiziriq tumanida quvvati 300 megavatdan 1 gigavatgacha bo‘lgan, umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollarlik loyihalarni amalga oshirish, bunda birinchi bosqichda Bandixon massivida 490 ta xonadonga tajriba tariqasida quyosh panellarini o‘rnatishga kelishib olindi.
QUYOSH BATAREYALARI O‘RNATILADI

Muallif:
Matbuot xizmati
10
sen
+4

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK