» » AFG‘ONISTONLIK MEHMONLAR TASHRIFI: HAM SAYOHAT, HAM ZIYORAT
Murojaat yo`llash

Keyingi yillarda O‘zbekiston va  Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikka keng yo‘l ochilmoqda. O‘zbekiston tomoni qo‘shni mamlakatda tinchlik va osoyishtalikning o‘rnatilishi, savdo, iqtisodiyot, transport, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarimizning rivojlanishi uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etmoqda. 

Xususan, afg‘onistonliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatish, temir yo‘l hamda boshqa sohalar mutaxassislarini tayyorlash maqsadida Surxondaryo viloyatida maxsus ta’lim markazining tashkil etilishi, Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg‘oniston fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlarning yaratilishi ikki davlat chegaraoldi mintaqalari o‘rtasidagi aloqalarini mustahkamlashga ham katta e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.

Surxondaryo viloyati hokimligi taklifi bilan qo‘shni Balx viloyati nuroniylaridan bir guruhining Termiz shahriga tashrifi shunday e’tibor samarasidir. Tashrif davomida mehmonlar Sherobod tumanidagi Abu Iso at-Termiziy, Termiz tumanidagi Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohlari, Sulton Saodat yodgorlik majmuasini ko‘zdan kechirdilar. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib,  ixtisoslashgan shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar.

Afg‘onistonlik mehmonlar viloyat hokimi Bahodir Po‘latov bilan ham uchrashib, ushbu xayrli tashabbus uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK