» » QUMQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Murojaat yo`llash

Bugun Qumqo‘rg‘on tumanining “Surxon sohili” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul ham fuqarolarning kundalik hayotdagi mavjud muammolarni qonun doirasida hal qilish, amaliy yordam ko‘rsatish, huquq va manfaatlarini himoya qilib, adolat mezonini qaror toptirishga qaratildi.

Unda ishtirok etgan fuqarolar viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilariga yechimini topolmayotgan masalalar bo‘yicha savollar berishdi. 

Qabulda aholidan 193 ta  murojaat tushdi. Ularning aksariyati seldan talofot ko‘rgan xonadonlarni ta’mirlash, kommunal soha, yo‘l qurilishi, sog‘liqni saqlash, suv ta’minotiga aloqador bo‘lib, joyida hal qilish imkoni bo‘lgan og‘zaki murojaatlar yuzasidan ularning talablari qanoatlantirildi.

Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan davlat idoralariga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK