» » SARMOYADORLAR BILAN UCHRASHUV
Murojaat yo`llash
Bugun viloyat hokimligida “Inno construction”, “Smart Items”, “Hayat Grant” hamda “Frut-Miks” korxonalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Inno construction” o‘zbekistonlik ishbilarmonlar tomonidan Shotlandiyada, “Smart Items” esa Birlashgan Arab Amirliklarida ochilgan korxonalar bo‘lib, katta hajmdagi qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishga ixtisoslashgan.
Sherobod tumanidagi “Hayat Grant” MChJ sifatli qurilish ishlarini bajarishda “Inno construction” korxonasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan. Uchrashuvda viloyatda amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlarida ushbu korxonalarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, sarmoya kiritish bo‘yicha yaratilgan qulaylik va imtiyozlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashish masalalari muhokam etildi.
Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi Toshkentdagi “Frut-Miks” korxonasining viloyatimizda filialini ochish, vohada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijga eksport qilishda shart-sharoitlar yaratishga ham kelishib olindi.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK