» » TERMIZDA YIRIK TO‘QIMACHILIK KORXONASI ISHGA TUSHDI
Murojaat yo`llash
Surxon vohasining tabiiy iqlim sharoiti to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan xomashyo yetishtirish uchun juda qulay. Viloyat mirishkorlari paxta parvarishida boy tajriba to‘plagan. Shu sababli, mahalliy sharoitda yetishtirilgan sifatli paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga e'tibor kuchaytirilmoqda.
Bugun Termiz shahrida foydalanishga topshirilgan “Amudar Teks” O‘zbekiston-Angliya qo‘shma korxonasi yiliga 7 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. 10 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi. Uning ishga tushirilishi 700 ta ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

Tantanali ochilish marosimida ushbu to‘qimachilik korxonasi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi ta'kidlandi. Ishda fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning bir guruhiga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK