» » ShUKR BILAN NE'MATLAR ZIYODA BO‘LADI
Murojaat yo`llash
Allohning bizga bergan ne'matlari behisob. Yurtimiz istiqloli, tinch va xotirjam o‘tayotgan kunlarimiz, to‘kin-sochin hayotimiz – Uning bizga bergan bebaho ne'matlaridandir. Agar shukr qilsak va qadriga yetsak, bu ne'matlar ziyoda bo‘ladi.

Bugun Termiz shahridagi muhtasham San'at saroyi joylashgan ko‘rkam bog‘da shu ne'matlar shukronasi uchun osh tarqatildi. Viloyat faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari to‘kin dasturxon atrofida yurtdagi tinchlik va omonlik, qut-baraka, oilalardagi farovonlik va xotirjamlikning ziyoda bo‘lishini tilab, duoga qo‘l ochdilar.

San'atkorlar ijrosidagi mumtoz kuy va qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh berdi.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK