» » OSIYO O‘YINLARI-2018: SURXONDARYOLIK KURASHCHILAR MUVAFFAQIYATI
Murojaat yo`llash
Shu kunlarda Indoneziyadan ketma-ket xushxabarlar kelmoqda. Ushbu mamlakatning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 11-kunida vohadoshlarimiz – Sariosiyo tumanidan Muhsin Isomiddinov +90kg vazn toifasida eronlik Jafar Pahlavonijagharni, Termiz tumanidan bo‘lgan Gulnora Sulaymonova 52 kg vaznda hindistonlik Pinski Balharni yirik hisobda mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Xuddi kechagi kun kabi bugun ham kurashchilarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqladi. Osiyo o‘yinlarining 13-kunida 90 kg vaznlilar o‘rtasidagi bahslarning hal qiluvchi finalida ikki nafar Surxondaryolik polvonlar o‘zaro kuch sinashdi. Termiz davlat universiteti talabasi, jarqo‘rg‘onlik Shermuhammad Jandriev hamda denovlik Yahyo Imomov o‘rtasida kechgan ushbu qiziqarli bahsda Jandriev g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Imomov esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo o‘yinlarida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza olib, mamlakatimiz delegatsiyasining eng sermahsul jamoasiga aylanishdi.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK