» » HARBIYLAR OILALARIGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI
Murojaat yo`llash
Bugun Termiz shahridagi “Totuvlik” ko‘chasida joylashgan 1-yopiq harbiy shaharchada vatan himoyachilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqanlar harbiy xizmatchilarning oila a'zolari uchun yaratilayotgan bunday qulayliklar ularning jangovar va intellektual tayyorgarlikda erishayotgan muvaffaqiyatlarida muhim omil bo‘layotganini ta'kidlashib, ularga yangi uylarning kalitini topshirdilar.

Darhaqiqat, ushbu shaharchada harbiy qism xizmatchilari uchun o‘tgan yili bitta ko‘p qavatli uy qurib foydalanishga topshirilgandi. Uning ro‘parasida qad rostlagan 32 xonadondan iborat mazkur uy ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilayotganini ko‘rsatadi.

Ikki va uch xonali xonadonlardan iborat ko‘rkam uy harbiylar oilalarining farovon hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta'minlangan. Hovlidagi sport maydonchalari bolajonlarning quvnoq qiy-chuvlari bilan to‘lganidan uy bekalari nihoyatda mamnun.

Mehmonlar yangi uylarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. San'atkorlar ijrosidagi konsert tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK