» » DAVLATIMIZNING YUKSAK MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI
Murojaat yo`llash
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 avgustdagi farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi arafasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlaridagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotiga  munosib hissa qo‘shgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Ular orasida 13 nafar vohadoshimiz ham bor.

Bugun viloyat hokimligida ana shu yuksak mukofotlarni o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz vakillariga bildirilgan bunday e'tibor butun surxondaryoliklarga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom namunasi ekanligi e'tirof etildi.
“O‘zbekiston xalq baxshisi” faxriy unvoni sohibi, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon tongi” ashula va raqs badiiy havaskorlik jamoasi baxshisi Baxshiqul Tog‘aev,  “Shuhrat” medali sohibi, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri rejissyori Farhod Boltaev, “Jasorat” medali sohibasi, Termiz shahridagi “Gulbahor nurli kelajak” MChJ to‘quvchisi Fotima Akbarova va boshqalar kamtarona mehnatlarini yuqori baholab, davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK