» » AFG'ONISTON DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
Murojaat yo`llash
Viloyat hokimligida mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag'ishlab Termiz shahrida bo'lib o'tadigan bayram tantanalariga taklif etilgan Afg'oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi a'zolari hamda Rossiya Federatsiyasi, Hindiston va Tojikiston Respublikalarining Mozori Sharifdagi diplomatik korpuslari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Balx viloyati voliysining birinchi o'rinbosari Shujouddin Shujo tarixi, tili, madaniyati yaqin mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikka keng yo'l ochilgani, afg'onistonliklar uchun o'zbek tilini o'rgatish, temir yo'l hamda boshqa sohalar mutaxassislarini tayyorlash maqsadida Surxondaryo viloyatida maxsus ta'lim markazi tashkil etilgani, Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg'oniston fuqarolariga tibbiy xizmat ko'rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilganidan mamnun ekanligini bildirib, Balx viloyati voliysi Muhammad Ishoq Raguzarning Surxon vohasi ahliga yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi. Tomonlar bir-birlariga esdalik sovg'alarini ulashdilar.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK