» » OLIS, CHEKKA VA CHEGARA OLDI HUDUDLARDA BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Murojaat yo`llash

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarining chekka hududlarida “Aziz va yagonamsan jonajon, O‘zbekistonim!” shiori ostida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanining “Kamar”, “Qiron”,  Boysun tumanining “Omonxona”, “Mehrobod”, Sho‘rchi tumanining “Yoshg‘ayrat”, “To‘la”, Oltinsoy tumanining “Mustaqillikning 10 yilligi”, Sariosiyo tumanining So‘fiyon, Sherobod tumanining Poshxurt va Xatak singari mahalla va qishloqlarida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar mustaqillik tarixi, istiqlolni qadrlash, uni yanada mustahkamlashga, fuqarolarning mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirish, ularda vatanparvarlik, shukronalik hissini kamol toptirish va kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada orttirishga, ularni turli yot g‘oyalar, zararli illatlar ta’siridan ishonchli asrash va himoyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.


O‘tkazilayotgan uchrashuvlarda poytaxtdan tashrif buyurgan targ‘ibot guruhi a’zolari - O‘zbekiston xalq artistlari (Aziza Begmatova), fan doktorlari (Barno Ubaydullayeva), shoiralar (Dilorom Ismoilova, Muxayyo Mirsaidova), kino va teatr aktyorlari (Bahodir Mirmaqsudov, Muhabbat Abdullayeva), ma’naviyatchilar (I.Absalomov, M.Zikirova), shuningdek, viloyat “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari  ishtirok etayotgani ularning mazmunli o‘tishida muhim omil bo‘layotir.

Maqola muallifi:
010719977
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK