» » MAS’ULIYATSIZLIK – MO‘L HOSIL OLISH KUSHANDASI
Murojaat yo`llash

Mamlakatimizda joriy yilning 5 sentyabrigacha e’lon qilingan “G‘o‘za parvarishida zarbdor 40 kunlik” qizg‘in davom etayotgan shu kunlarda viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lib, hosilga hosil qo‘shishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarning borishi bilan yaqindan tanishmoqda.


Xususan, kecha Denov tumanidagi fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lgan chog‘ida Bobur nomli SIU hududida joylashgan “Abdurahmon-Qut-Baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfullo Jabborov viloyat hokimiga 22,5 gektar ekin maydoni uchun jami 12,5 tonna ammiakli o‘g‘it ajratilishi belgilanganligi, ammo ta’minotchi tashkilot - “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali tomonidan uning bor-yo‘g‘i 8 tonna 200 kilogrammi yetkazib berilganligini aytib, g‘o‘za maydonlarini qo‘shimcha oziqlantirish uchun qolgan mineral o‘g‘itning ham olinishida amaliy yordam so‘raydi.


Surishtiruv jarayonida haqiqatdan ham “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ Denov tumani filiali tomonidan ushbu fermerga paxta hosilini yetishtirish uchun ajratilgan 4 tonna 300 kg. ammiakli selitraning yetkazib berilmaganligi tasdiqlandi.


Viloyat hokimi tomonidan mutasaddilarga fermerning murojaatini zudlikda ijobiy hal etish, mazkur holat yuzasidan kerakli hujjatlarni tayyorlab, ta’minotchi tashkilotning mol-mulkini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, uning natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun tuman prokuraturasiga tegishli taqdimnoma kiritish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi.


Albatta, bunday mas’uliyatsizlik, har qanday noqonuniy hatti-harakat javobsiz qoldirilmaydi, aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.


Lekin, g‘o‘za agrotexnikasi talabini muddatida va sifatli bajarish fermer uchun juda muhim yumush bo‘lib turgan ayni pallada ta’minotchi tashkilot - “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali rahbari Alisher Alimardonovning bu qilmishi boshqalarga ham ibrat bo‘lishi uchun shu kunning o‘zida viloyat hokimligida “Surxondaryo Agrokimyohimoya” AJ hamda uning tumanlardagi filliallari, aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat hokimi tomonidan mutasaddilarga bu to‘g‘rida qat’iy ogohlantirishlar berilib, tegishli kafolat xatlari olindi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK