» » PROFILAKTIK TADBIRLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILADI
Murojaat yo`llash

Viloyat hokimligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ishchi guruh a’zolari, viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari mas’ul xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.


Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida Surxondaryo viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo qator mahallalarda profilaktik tadbirlar samaradorligining yetarli darajada ta’minlanmaganligi ayrim turdagi jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lgan. 


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi shahar va tumanlarda bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida  jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganadi.


10 kun davom etadigan o‘rganish jarayonida huquq tartibot idoralarining jamoatchilik bilan hamkorlikda joylarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, aholining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan ishlari natijadorligiga alohida e’tibor qaratiladi. Mas’ullarning mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, huquqbuzarlik sodir etishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bilan bog‘liq ko‘nikmasini oshirish choralari ko‘riladi.


Maqola muallifi:
010719977
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK